Meta Stock xarid qilish misoli:
1. Tanlovni muayyan bir aksiyada to‘xtating
Sizni Meta aksiyalari bilan savdo qilish qiziqtirmoqda. Instrumentning joriy narxi: 116,65/117,03 USD.
2. Sotish yoki xarid qilish
Siz 117,03 taklif etilgan narx bo‘yicha 50ta aksiyalarni xarid qilishga qaror qildingiz, chunki, bozor o‘sib boradi deb taxmin qilmoqdasiz (siz, shuningdek, agar bozor "tushib ketsa" deb hisoblasangiz 116,65 narx bo‘yicha aksiyalarni sotish imkoniyatiga ham egasiz).
3. Marja
Ushbu misolda bitimning umumiy summasi 50 aksiya x 117,03 USD (sotib olish narxi) = 5 851,5 USD.
Facebook aksiyalari uchun zarur bo'lgan marja 5% ni tashkil etadi, shuning uchun ushbu bitimni ochish uchun hisobingizda 5 851,5 USD x 5 % = 292,57 USD (yoki boshqa valyutadagi ekvivalent) bo'lishi kerak.
4. Bitimning yopilishi.
Kun davomida bozor o'smoqda va Facebook aksiyalari 132,35/132,67 USD ni tashkil etmoqda. Siz bitimni 132,35 narxda yopishga qaror qilasiz.
5. Foyda/zararni hisoblash
Bizning platformamiz foydani hisoblashning ikkita usullidan foydalanadi.
Birinchi usul barcha vositalardagi CFD, aksiyalar va ETF dagi pozitsiyalarga qo'llaniladi.
Hisoblash formulasi:
“Qisqa muddatli pozitsiya (Sotish)
(<Ochilish narxi> * <Pozitsiya hajmi> - <Yopilish narxi> * <Pozitsiya hajmi>) + <Qo'shimcha harajatlar>
“Uzoq muddatli pozitsiya (Sotib olish)
(<Yopilish narxi> * <Pozitsiya hajmi> - <Ochilish narxi> * <Pozitsiya hajmi>) + <Qo'shimcha harajatlar>
Masalan:
Twitter: 100 ta aksiya, uzoq muddatli pozitsiya (sotib olish), ochilish narxi: $22.00 USD, yopilish narxi: $26.00, pozitsiyani o'tkazish uchun xarid/sotish komissiyasi: $0.49.
(26.00*100 - 22.00*100) + (- 0.49) = $399.51
Ikkinchi usul barcha vositalardagi CFD, aksiyalar va ETF dan tashqari barcha vositalardagi pozitsiyalarga qo'llaniladi.
Hisoblash formulasi:
“Qisqa muddatli pozitsiya (Sotish)
(<Ochilish narxi> - <Yopilish narxi>) * <Pozitsiya hajmi> + <Qo'shimcha harajatlar>
“Uzoq muddatli pozitsiya (Sotib olish)
(<Yopilish narxi> - <Ochilish narxi>) * <Pozitsiya hajmi> + <Qo'shimcha harajatlar>
Eʼtibor bering, haqiqiy aksiyalar bilan savdo qilish Afg‘oniston, Bosniya va Gersegovina, Vanuata, Venesuela, Gayana, Kongo Demokratik Respublikasi, Iroq, Eron, Yemen, Kuba, Laos, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Somali, Uganda va Markaziy Afrika Respublikasidan mijozlarga erishimli emas.