Mac OSda Windows-ilovalarni ishga tushirish imkonini beruvchi ko‘pgina dasturlar mavjuddir, biroq ulardan ko‘pchiligi pullik. Mazkur sahifada Mac OS operatsion tizimi boshqaruvi ostida kompyuterda MetaTrader 5ni ishga tushirishning bepul va oddiy usuli taklif qilingan. Terminalning barcha asosiy funksiyalari treyderga erishimli bo‘ladi, va u to‘laqonli savdo qilishi mumkin.

Wine - foydalanuvchilarga Windows uchun yaratilgan ilovalarni ishga tushirish imkonini beruvchi erkin tarqatiluvchi dasturdir.

Wine ishlab chiquvchilari uning barqaror ishlashi kafolatini bermasliklarini inobatga olish kerak, shuning uchun ilovaning hamma ham funksiyalari erishimli bo‘lmaydi.

Mac OSga MetaTrader 5 terminalini o‘rnatish uchun erkin tarqatiluvchi PlayOnMac ishlanmasidan foydalanish mumkin

PlayOnMac dasturlarni o‘rnatish bo‘yicha harakatlarni yengillashtiruvchi va ularni avtomatlashtiruvchi Wine uchun "jild" hisoblanadi.

  • PlayOnMacni o‘rnatish

    • PlayOnMacni o‘rnatish uchun, mahsulotning rasmiy saytini oching: www.playonmac.com, "Downloads" bo‘limiga o‘ting va dasturning yuklash havolasini bosing.

      instruction image
    • O‘rnatiluvchi DMG-paketini yuklab olib, uni o‘zingizni operatsion tizimingizdagi "Downloads" bo‘limidan ishga tushiring.

      instruction image
    • Taomil yakunlanganidan so‘ng PlayOnMacni birinchi marta ishga tushirish darchasi ochiladi. Dastur ishlashi uchun zarur bo‘lgan komponentlarni o‘rnatilishini davom ettirish uchun "Next"ni bosing.

      instruction image
    • Ulardan birinchisi bo‘lib XQuartz hisoblanadi. Ushbu dastur Mac OS uchun X Window System darcha tizimini qo‘llanilishini moslashtiradi. X Window System UNIX-simon tizimlarda foydalanuvchining grafik interfeysini qo‘llab turuvchi standart instrumentlar va protokollarni taʼminlaydi. Agar sizda XQuartz o‘rnatib bo‘lingan bo‘lsa yoki siz ushbu taomilni keyinroqqa surishga qaror qilgan bo‘lsangiz, "Don't install XQuartz for the moment" orqali o‘rnatishdan voz keching yoki "I've downloaded file by myself"ni tanlab, uni keyinroqqa suring.

      instruction image
    • XQuartz o‘rnatilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avval "Read Me" bo‘limidagi muhim maʼlumotlarni o‘rganib chiqish va litsenziya shartlarini qabul qilish kerak bo‘ladi.

      instruction image
    • O‘rnatishni boshlashdan avval Mac OS xavfsizlik tizimi o‘zingizni qayd yozuvingizga parolni so‘raydi.

      instruction image
    • O‘rnatishni yakunlab bo‘lib, o‘zgartirishlar kuchga kirishi uchun kompyuterni qayta yuklash zarur bo‘ladi.

      instruction image
    • Tizimni qayta yuklab bo‘lgandan keyin "Downloads" papkasidagi o‘rnatish faylidan PlayOnMacni qayta ishga tushiring. Bu safar dastur unga tug‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan Microsoft shriftlarini o‘rnatishni taklif qiladi.

      instruction image
    • Litsenzion kelishuvning shartlarini qabul qiling va o‘rnatish yakunlanishini kuting. Taomil yakunlanganidan keyin PlayOnMacning bosh darchasi paydo bo‘ladi va u foydalanishga tayyor bo‘ladi.

      instruction image
  • Wineni yangilash

    • PlayOnMac bilan birgalikda 6.0 versiyadagi Wine dasturi o‘rnatiladi, u joriy paytga ancha barqaror hisoblanadi.

      Wine dasturini oxirgi versiyagacha yangilash uchun, PlayOnMacning tepa menyusida "Tools" bo‘limida "Manage Wine Versions" satrini tanlang.

      instruction image
    • Sizga Winening erishimli versiyalari bilan darcha ochiladi. Ulardan eng oxirgisini tanlang (joriy paytga bu 6.0 versiyadir).

      instruction image
    • Winening tanlangan versiyasini darchaning o‘ng sohasiga ko‘chirib o‘tkazing, bundan so‘ng uni o‘rnatish taomili ishga tushadi.

      instruction image

      O‘rnatish yakunlanishi bo‘yicha Winening yangi versiyasi PlayOnMac darchasining chap qismida paydo bo‘ladi. Bundan so‘ng, uni yopish va MetaTrader 5 savdo terminalini o‘rnatilishini boshlash mumkin bo‘ladi.

  • MetaTrader 5ni o‘rnatish

    • MetaTrader 5ni o‘rnatish uchun to‘g‘ri havola - mt5setup.exe dan foydalaning.

      Yuklash yakunlanishi bo‘yicha o‘rnatish faylini ishga tushiring. U PlayOnMac orqali avtomatik ochilgan bo‘ladi.

      instruction image
    • O‘zingiz tomondan ishga tushirilgan o‘rnatish jarayonlarini barcha zaruriy bosqichlarini bajaring.

      instruction image
    • O‘rnatish yakunlanganidan keyin PlayOnMacMetaTrader 5 - mijoz terminali va MetaEditor o‘rnatilgan MQL-redaktor - komponentlar uchun yorliqlarni yaratishni taklif qiladi.

      Go to your Members Area
    • Endi MetaTrader 4 bilan ishlashni boshlash mumkin. Uni ishga tushirish uchun PlayOnMac darchasida uning ustiga ikki marta bosing.

      Go to your Members Area
    • Mac OS tizimida savdo terminali shunday ko‘rinishga ega.

      Go to your Members Area

Maʼlum bo‘lgan muammolar

Yuqorida qayd etib etilganidek, Wine to‘liq barqaror ilova hisoblanmaydi. Binobarin, MetaTrader 5 terminalining baʼzi funksiyalari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Hozirgi paytda unicode-simvollarida yangiliklarning aks etirilishi bilan muammolar aniqlangan. Ingliz tilidagi yangiliklar tug‘ri aks ettirilmoqda.

MetaTrader 4 maʼlumotlari katalogi

Library\PlayOnMac\WinePrefix\Client_Terminal_\Drive C\Program Files\Client Terminal

MetaTrader 5 terminalini ishga tushirishning qo‘shimcha usullari

  • Brauzerda MetaTrader 4 veb-terminalini ishga tushirish.
  • MetaTrader 4 mobil terminalini o‘rnatish (iOS va Android uchun erishimli).