Quvvatlilik darajasiga, savdolar, spred va volatillik hajmiga bog‘liq holda aksiyalarning 3ta toifasini ajratib ko‘rsatiladi: "moviy fishkalar" (Blue chips), ikkinchi eshelon aksiyalari va uchinchi eshelon aksiyalari.
- Birinchi guruh aksiyalari investitsion jalb qilishlik nuqtai nazaridan ancha ommabopdir, im tor spredlar, yuqori quvvatlilik, past volatillik va kundalik savdolarning yetarlicha yuqori hajmi xosdir. Bu Apple, Amazon, Facebook, Netflix va hokazo kabi mashhur kompaniyalarning aksiyalari.
- Ikkinchi eshelon aksiyalariga investorlarning qiziqishi pastroq, chunki ular savdolarning quvvatliligi va hajmini o‘rtacha darajasiga, hamda ko‘proq keng spredlarga egadir.
- Uchinchi eshelon aksiyalari kamroq quvvatli va juda yuqori spredlari, haddan tashqari volatillik va savdolarning eng past hajmlari bilan ajralib turadi.
Aksiyalar bilan savdo qiluvchi treyderlarni ham bir nechta alohida toifalarga bo‘lish mumkin:
- Sust - birinchi guruh aksiyalarini afzal ko‘radi (kam hollarda - ikkinchi yoki uchinchi eshelonlar), ular uchun ishonchlilik va barqarorlik muhimdir.
- Faol - mo‘ʼtadil xavf bilan daromadni maksimallashtirishga intiladi, shuning uchun asosan "moviy fishkalar" bilan savdo qiladilar, ammo ikkinchi eshelon aksiyalarini ham, baʼzida esa uchinchi eshelon aksiyalarini ham eʼtiborsiz qoldirmaydi.
- Chayqovchilar - tezkor davromad olish maqsadida aksiyalarning qisqa muddatli xarid qilish/sotilishiga ixtisoslik qilishadi, shuning uchun eng quvvatli aksiyalar - "moviy fishkalar"ni tanlashadi.
Savdo qilish uchun aksiyalarning tanloviga treyderning savdo strategiyasiga va uning xavfga munosabatiga taʼsir qiladi. Maʼlumki, mashhur kompaniyalarning aksiyalari har doim ham eng katta daromad olib kelmaydi, biroq bu - eng kam xavfga ega investitsiyalardir. Bundan tashqari, bir bozor aktiviga barcha mablag‘larni sarflash tavsiya etilmaydi - o‘z portfelini diversifikatsiya qilish va uni turlicha kompaniyalarning aksiyalaridan shakllantirish yaxshiroqdir.
"Moviy fishkalar" - eng ishonchli va quvvatli instrumentlar, shuning uchun ular dechyarli barcha treyderlarga, hattoki yosh treyderlarga ham mos keladi. Ikiknchi va uchinchi eshelon aksiyalari bilan savdo qilish esa muayyan bilimlarni va tajribani talab qilada, shu sababli ular bilan ehtiyotkor muomalada bo‘lish kerak.