Eng yaxshi strategiyalarni nusxalashni boshlang

CopyFX ga qo‘shiling! Eng yaxshi savdo strategiyalarini toping va nusxalang, pulingizni to‘liq nazorat qilgan holda.

Nusxalashni boshlash

Strategiyani tanlang

minglab variantlardan

3 ta oddiy qadam

kopi-treydingni boshlash uchun

RoboForex'da hisob oching va to‘ldiring

Reytingni oching va eng yaxshi strategiyani tanlang

2 marta bosing va obuna bo‘ling

Hoziroq boshlash

100% nazorat

hisobingiz va mablag‘laringiz ustidan

Mablag‘larni himoya qilish

Siz tomoningizdan kiritilgan mablag‘lar hisobingizda xavfsiz saqlanadi va faqat siz ularni boshqarish imkoniyatiga egasiz

Qo‘lda boshqarish

Nusxa ko‘chirishni to‘xtatib turish (pauza qilish), nusxalangan savdolarga kechiktirilgan orderlarni qo‘llash yoki ularni qo‘lda yopish funksiyalaridan foydalaning.

Moslashuvchan nusxalash

Potensial foydani oshirish yoki xavflarni kamaytirish uchun hajmlarni moslashuvchan sozlashlar bilan bitimlarni nusxalang.

Batafsil

CopyFX'da ishonch bilan bitimlarni nusxalang

Treyderlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun yaratilgan kopi-treyding tizimi bilan tanishing.

10 yillik tarixga ega treyderlar hamjamiyati

MetaTrader 4/5 va R StocksTrader'da mavjud

Shaffof va ishonchli reyting tizimi

Foydalanish uchun qo‘shimcha komissiya yo‘q

Kopi-treyding haqida batafsil ma'lumot oling

CopyFX — bu treyderlarga bir-birlarining bitimlarini nusxalash imkonini beradigan kopi-treyding tizimi.

Foydalanuvchi o‘z strategiyalarini boshqalar bilan ulashib va o‘z obunachilarining foydasidan komissiya olishlari mumkin.

Muqobil ravishda, ular o‘zlari obunachiga aylanib, eng yuqori reytingga ega ishtirokchilarning bitimlarini nusxalab, savdo terminalini o‘rnatmasdan o‘z hisoblarida foyda olishlari mumkin.

CopyFX — bu RoboForex bilan integratsiyalangan texnologik yechim bo‘lib, alohida platforma emas: uni ishlatish uchun alohida dasturiy ta'minotni o‘rnatish yoki qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Har qanday RoboForex hisobi, kopitreyding uchun mos keladi, demo-hisoblar bundan mustasno. Hisob turlari haqida bu yerdan ko‘proq ma’lumot oling.

Hisobni tanlash bo‘yicha tavsiyalar

  1. MetaTrader 4, MetaTrader 5 va R StocksTrader kabi RoboForex tomonidan taqdim etiladigan barcha platformalarda kopitreyding xizmati mavjud. Biroq strategiyalarni platformalararo nusxa ko‘chirish imkoni yo‘q.

    Nusxa ko‘chirish uchun strategiya tanlayotganda, strategiya muallifi qaysi platformadan foydalayotganini tekshiring va mos hisobraqamni oching.

  2. Hisob sozlamalaringiz (masalan, hisob turi, asosiy valyuta, kredit yelkasi) treyderning hisobi sozlamalariga qancha ko‘proq mos kelsa, natija shuncha yaxshi bo‘ladi.
  3. Agar qanday boshlashni bilmasangiz, MetaTrader 4 dagi Pro-hisobni oching. Bu turdagi hisob CopyFX treyderlari orasida eng ommabop hisoblanadi va hisob turlarining mos kelishiga ziyon yetkazmasdan kengroq strategiyalarni tanlash imkoniyatini beradi.

Strategiyani tanlashning asosiy vositasi Treyderlar Reytingidir. Unda siz uchun eng muhim omillarga ko‘ra treyderlarni filtrlash va tartiblash mumkin:

  • Daromadlilik (strategiyaning umumiy foydasi)
  • Maksimal prosadka (hisob balansidan past bo‘lgan paytdagi ekviti %)
  • Hisob ochilgan, kunlar (ushbu treyder CopyFX'da o‘z strategiyasini necha kun davomida baham ko‘rmoqda)
  • Investorlar (qancha investor treyderga obuna bo‘lgan)

Nusxa ko‘chirish rejimi — bu siz strategiyaga obuna bo‘lishda tanlaydigan sozlama. U sizning hisobingizda savdolarni qanday hajmda ko‘chirishni aniqlash uchun maxsus koeffitsientdan foydalanadi.

Nusxa ko‘chirish rejimlari turlari:

  1. Proporsional. Savdolar sizning va treyderning Equity (savdo amalga oshirilgan paytda) nisbatiga qarab hajmni moslashtirgan holda ko‘chiriladi.
  2. Klassik. Savdolar treyder belgilagan hajmda ko‘chiriladi, u koeffitsient yordamida (Equity inobatga olinmasdan) ko‘paytirilishi mumkin.
  3. Belgilangan. Savdolar siz belgilagan koeffitsient hajmida ko‘chiriladi, treyderning savdo hajmi yoki Equity hisobga olinmaydi.

Nusxa ko‘chirish rejimlari amaliyotda:

Proporsional

1-misol:
Siz 1.00 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Treyderning Equity = 2,000 USD
Sizning Equity = 5,000 USD
Asl bitim hajmi = 2.50 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 6.25 lot (1 * 2.5 * (5,000/2,000))

Chunki sizning Equity yuqoriroq, bitim hajmi ham kattaroq bo‘ladi.

2-misol:
Siz 2.50 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Treyderning Equity = 8,000 USD
Sizning Equity = 2,000 USD
Asl bitim hajmi = 2.00 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 1.25 lot (2.5 * 2 * (2,000/8,000))

Izoh: Sizning Equity past bo‘lganligi sabab, koeffitsient katta bo‘lsa ham, nusxalangan bitim hajmi asl bitim hajmidan kichik bo‘ladi.

Klassik

1-misol:
Siz 0.50 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Asl bitim hajmi = 2.50 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 1.25 lot (2.5 * 0.5)

2-misol:
Siz 2.00 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Asl bitim hajmi = 0.75 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 1.50 lot (2 * 0.75)

Belgilangan

2-misol:
Siz 0.10 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Asl bitim hajmi = 0.83 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 0.10 lot

2-misol:
Siz 1.50 koeffitsientni o‘rnatdingiz.
Asl bitim hajmi = 0.79 lot
Nusxa ko‘chirilayotgan bitim hajmi = 1.50 lot

Muhim qoidalar:

  1. Koeffitsient qiymati 0.01 dan 100.00 gacha bo‘lishi mumkin va kasrdan keyin ikki xonagacha kiritiladi
  2. Agar bitim hajmi instrumentning minimal yoki maksimal ruxsat etilgan diapazonidan oshsa, u eng yaqin ruxsat etilgan qiymatga moslashtiriladi (agar “pastga yaxlitlash” opsiyasi yoqilmagan bo‘lsa)
  3. Agar bitim hajmi instrument hajmining qabul qilinadigan qadami bilan mos kelmasa, sozlamalaringizga muvofiq ushbu hajm ruxsat etilgan qiymatga yaqinlashtirib yaxlitlanadi.

Siz obunalarni Shaxsiy kabinetda boshqarishingiz mumkin. Siz obuna bo‘lgan har bir strategiya uchun:

  1. Nusxa ko‘chirishni pauzaga qo‘yishingiz mumkin. Pauza rejimi yoqilgandan so‘ng:
    • Strategiya bo‘yicha yangi bitimlar hisobingizga nusxalanmaydi.
    • Bu vaqtdan oldin nusxalangan barcha bitimlar ochiq holda qoladi. Ular strategiya egasi yoki siz tomoningizdan yopilishi mumkin.
    • Siz ushbu strategiyaning faol obunachisi sifatida ko'rinishda davom etasiz.
  2. Obunani bekor qilish
    • Shu paytgacha nusxalangan barcha savdolar ochiq holda qoladi va to‘liq nazoratingizda bo‘ladi.
    • Obunani bekor qilganingizdan bir necha daqiqa o'tgandan so‘ng barcha nusxalangan yopiq bitimlar uchun komissiya hisobingizdan yechiladi.

CopyFX'da strategiyalarini baham ko‘radigan treyderlar komissiya haqidagi ma'lumotni ochiq e'lon qiladilar va siz obuna bo‘lishdan oldin bu bilan tanishishingiz mumkin. Eng mashhur komissiya sxemasi — bu Performance Fee bo‘lib, unda siz treyderga umumiy foydangizdan foiz to‘laysiz.

Komissiya sxemalari haqida batafsil bu yerda o‘qing.

Treyderga komissiya hisobingizda bloklanadi va u uning hisobiga o‘tkazilgunga qadar (investitsiya davrida bir marta yoki obuna bekor qilingandan keyin) o‘z holida qoladi.

Siz faol obuna bo‘lganda ham, hisobingizdan istalgan vaqtda pulni yechib olishingiz mumkin. Yechib olishingiz mumkin bo‘lmagan yagona summa — bu zaxirada turgan, lekin hali treyder hisobiga o‘tkazilmagan komissiya.