Hisob balansiga 10%gacha – Dastur qoidalari

  1. “Hisob balansiga 10%gacha” – bu doimiy asosda ishlaydigan va mijozlarning savdo hisobida ma’lum davriylik bilan qayd etiladigan hisobidagi balansga foizlarni muntazam hisoblaydigan dastur.
  2. Meta Trader 4, Meta Trader 5, cTrader platformalarida, jumladan ECN, Prime hisoblarida, CopyFX barcha real savdo hisoblari dasturda ishtirok etishi mumkin.
  3. Dasturda Valyuta juftliklari va Metallar bilan bitimlar bo‘yicha savdo aylаnmasi hisobga olinadi. Aksiyalarga, indekslarga va xom-ashyo tovarlariga CFD bo‘yicha bitimlar savdo aylanmasini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi.
  4. Dasturda ishtirok etish uchun mijoz o‘zining Shaxsiy kabinetida uning shartlariga rozilik berishi kerak. Hisob balansiga foizlarni har bir RoboForex Ltd. Ishtirokchisi olishi mumkin.
  5. Foizlar hisoblash amalga oshiriladigan summa (Base Amount) faol bonuslarning joriy summasi (Bonus) chegirilib, hisob balansining (Balance) qiymati sifatida aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

    <Base Amount> = <Balance> - <Bonus>

    bunda:

    Balance - hisobdagi mablag‘lar balansi.
    Bonus - hisobdagi faol, ishlov berilmagan bonuslarning umumiy summasi.

    Ko‘rsatilgan parametrlar har kuni 23:59:59da qayd etiladi.

  6. Foizlar hisoblanadigan foiz stavkasi joriy oy yakunlari bo‘yicha hisobdagi savdo aylanmasining miqdoriga qarab aniqlanadi. Hisobdagi savdo aylanmasi mijoz tomonidan joriy oyning 1-chi sanasidan boshlab amalga oshirilgan standart lotlardagi bitimlarning jamlanma hajmi sifatida aniqlanadi. Ko‘rsatkich har kuni 23:59:59da qayd etiladi.
  7. Foiz stavkalar ehtimolli qiymatlarining butun diapazoni quyidagi jadvalda keltirilgan:
    Lotlardagi aylanma
    1-1010 – 1,0001,000dan yuqori
    2,5%5%10%
  8. Mijozning hisob balansiga hisoblangan foizlarning (Percent Amount) aniq summasi har kuni kunlik barcha qayd etilgan parametrlar asosida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

    <Percents Amount> = <Base Amount> * <(Percents / 100 / 365)>

    bunda:

    Base Amount - joriy yilning 23:59:59 holatiga mijoz hisobidagi mablag‘lar balansi.
    Percents - joriy kunga mazkur hisob bo‘yicha foiz stavkasi, u barcha qayd etilgan parametrlar asosida aniqlanadi.

    Misol

    1-chi kun. Hisobda 50 000 USD summasi (bonuslarsiz) qayd etilgan, savdo aylanmasi 3 lotni tashkil etdi. Sizning foiz stavkangiz – 2,5%.

    Formula bo‘yicha shu kundagi hisoblangan foizlarning summasi:
    50,000 * (2.5 / 100 / 365) = 3.42 USD

    2-chi kun. Hisobda 55 000 USD summasi (bonuslarsiz) qayd etilgan, savdo aylanmasi 7 lotni tashkil etdi (3ta kechagi + 4ta joriy kundagi). Sizning foiz stavkangiz – 2,5%.

    Formula bo‘yicha shu kundagi hisoblangan foizlarning summasi:
    55,000 * (2.5 / 100 / 365) = 3.77 USD

    Ikki kun natijalari bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi:
    3.42 USD + 3.77 USD = 7.19 USD

    3-chi kun. Hisobda 60 000 USD summasi (bonuslarsiz) qayd etilgan, savdo aylanmasi 12 lotni tashkil etdi (7ta avvalgi kunlar uchun + 5ta joriy kundagi). Sizning foiz stavkangiz – 5%, hisoblangan foizlar barcha o‘tgan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilinadi:

    1-chi kun: 50,000 * (5 / 100 / 365) = 6.85 USD
    2-chi kun: 55,000 * (5 / 100 / 365) = 7.53 USD
    3-chi kun: 60,000 * (5 / 100 / 365) = 8.22 USD

    Uch kun yakunlari bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi:
    6.85 USD + 7.53 USD + 8.22 USD = 22.6 USD

    4-chi kun. Hisobda 60 000 USD summasi (bonuslarsiz) qayd etilgan, savdo aylanmasi 12 lotni tashkil etdi (12ta avvalgi kunlar uchun + 0 joriy kundagi). Sizning foiz stavkangiz – 5%.

    Ushbu kun uchun hisoblangan foiz summasi:
    60,000 * (5 / 100 / 365) = 8.22 USD

    To‘rt kun natijalari bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi:
    6.85 USD + 7.53 USD + 8.22 USD + 8.22 USD = 30.82 USD

    Oyda 30 kun bo‘lgan, savdo aylanmasi esa 1 000 lot qiymatidan oshmagan. Foiz stavkasi – 5%. Hisobda ochilgan pozitsiyalar yo‘q va hisobning balansi o‘zgarmagan (mablag‘lar kiritilmagan va chiqarilmagan).

    Shunda qolgan 26 knu uchun hisobga har kuni 8,22 USD hisoblangan.

    Keyingi oyning birinchi sanasida hisobga quyidagilar hisoblanadi:
    30,82 USD (dastlabki 4 kun uchun) + 8,22 USD * 26 (qolgan 26 kun uchun) = 244,54 USD

  9. Hisobga foizlarni hisoblash har oyning birinchi sanasida har oyda IR #123456 (hisoblash id si) bilan amalga oshiriladi.
  10. Mazkur summa bonus emas va mijoz tomonidan hisobdan yechib olinmaydi yoki savdoda qandaydir cheklovlarsiz foydalanilmaydi.
  11. Mijozning joriy ko‘rsatkichlari va foizlarni hisoblash tarixi Shaxsiy kаbinetda “Hisob balansiga 10%gacha” sahifasida erishimli.
  12. RoboForex mazkur shartlar amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘liq bekor qilish hamda sabablarni tushuntirmasdan mijozlarga mazkur servis ko‘rsatilishini rad etish huquqini o‘zida qoldiradi.