"1:2000 gacha kredit yelkasi" dasturi
Umumiy qoidalar
- RoboForex’da haqiqiy savdo hisobiga ega har qanday mijoz dasturda ishtirok etishi mumkin.
- Oshirilgan kredit yelkasi (1:2000) ProCent va Pro hisoblarida MT4/MT5 asosida, shuningdek, CopyFX hisoblarida taklif etiladi.
- Oshirilgan kredit yelkasi faqatgina hisobdagi ekviti
10 000 AQSh dollaridan yoki hisob valyutasidagi ekvivalentidan oshmasa, mavjud bo‘ladi.
- Agar oshirilgan kredit yelkasi bilan savdo hisobidagi ekviti yuqorida ko‘rsatilgan qiymatlardan oshsa, kredit yelkasi avtomatik ravishda 1:1000 ga pasaytiriladi. Ekviti yuqorida ko‘rsatilgan qiymatlardan pastga tushishi bilan mijozlar o‘z kabinetlarida kredit yelkasini oshirish uchun qayta ariza topshirishlari mumkin.
- Haqiqiy hisoblarga dam olish kunlari uchun cheklovlar - juma kuni soat 11:00 (EET) dan shanba kuni soat 1:00 (EET) gacha:
- Barcha hisoblar uchun oshirilgan kredit yelkasi avtomatik ravishda 1:1000 ga pasaytiriladi.
- Bu davrda RoboForex mijozlari o‘z odatiy kredit yelkasini oshirilganga o‘zgartira olmaydilar.
- Yangi hisoblar oshirilgan kredit yelkasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas.
- Shanba kuni soat 1:00 (EET) dan keyin kredit yelkasi avtomatik ravishda oldingi qiymatiga tiklanadi.
- Muhim shart: RoboForex har qanday mijozga kredit yelkasini oshirishni sababsiz va/yoki oldindan xabar bermasdan rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Diqqat qiling, MT4/MT5 savdo hisoblarida kredit yelkasi o‘zgartirilganda, sizning savdo terminalingizdagi barcha marja parametrlari kredit yelkasining oldingi qiymati bo‘yicha aks etadi, toki siz savdo terminalingizga qayta kirishingizgacha.
Biz kredit yelkasi o‘zgartirilganidan keyin savdo terminalingizga qayta kirishingizni tavsiya qilamiz, shunda barcha marja parametrlari to‘g‘ri aks etayotganiga ishonch hosil qilasiz.