Tajribasiz yangi kelganda har doim uning o‘rniga barcha ishlarni qiladigan, unga esa hattoki tugmalarga bosish kerak bo‘lmaydigan savdo robotlarini topish qiziqishi paydo bo‘ladi. Ushbu xayol kompyuter asrining barcha treyderlarini quvib yuradi. Shuningdek, qaror qabul qilish uchun javobgarlik yuki ketishi jalb qiladi - barcha harakatlar uchun savdo roboti javob beradi.
Savdo roboti - bu treyderning bevosita ishtirokisiz uning topshirig‘i bo‘yicha har qanday harakatlarni terminalda bajarishga qodir bo‘lgan dasturdir. Barcha olingan topshiriqlarni dastur avtomatik yoki mexanik amalga oshiradi, shuning uchun forex-robotlarni shu bilan birga "ekspertlar" yoki Mexanik Savdo Tizimlari (MST) deb ham atashadi. Oddiy so‘z bilan aytganda, bu forex-brokerga treyderning biron bir aralashuvisiz talabnomani yuboruvchi dastur. Siz brokerlik kompaniyasining serveriga ulangan mavjud bo‘lgan savdo terminalida robotni o‘rnatasiz, barcha sozlamalarni bajarasiz, bundan so‘ng "maslahatchi" unda dasturlangan strategiya bo‘yicha savdoni olib borishni boshlaydi.
Psixologik nuqtai nazardan savdo roboti - oddiygina o‘rindoshi bo‘lmagan narsa. Treyderda qabul qilingan qaror uchun javobgarlik kamayadi, savdoning o‘zi esa kamroq stressli bo‘lib qoladi. Treyderga texnik va fundamental tahlilni chuqur bilishi umuman shart bo‘lmaydi, chunki barcha hisob-kitoblar dasturga o‘rnatib bo‘lingan. Shu bilan birga, Forex savdo roboti hattoki ish joyida treyderning mavjud bo‘lmasligida ham savdo signallariga ishlov berishga qodir.
MetaTrader 4 uchun savdo robotlari MQL4 dasturlash tilida yoziladi. Ushbu til maslahatchilarni yozish uchun savdo terminali ishlab chiqaruvchisi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan. U tunu-kun online rejimida savdo qiladigan savdo tizimini hech qanday murakkabliksiz dasturlash imkonini beradi. Ushbu til bilan tanish bo‘lgan dasturchilarga bunday ish katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Oddiy foydalanuvchilar uchun bu ancha murakkab masala bo‘ladi.
Robotlarning ancha samarali ishlashi uchun shaxsiy texnik indikatorlarni yaratish mumkin. Ular MetaTrader 4 terminalida mavjud bo‘lib bo‘lgan indikatorlarga a’lo darajadagi qo‘shimcha bo‘lib qoladi. Savdo robotlarda indikatorlarning qo‘llanilishi maqsadi - tahliliy funksiyalarni amalga oshirish va savdo signallarini generatsiya qilish.
MetaTrader 4 savdo terminalida bir nechta o‘rnatilgan savdo robotlari ("maslahatchilar") bor. Ularga mustaqil savdo tizimi funksiyalari va savdo signalining tovushli kuzatib borilishi imkoni o‘rnatilgan. Ular boshlovchi treyderlar orasida juda ham ommabop va MetaTrader 4 savdo terminalida dasturlash vositalarini namoyish qilish uchun maxsus yaratilgan.
Shaxsiy "maslahatchini" yaratish bo‘yicha imkoniyatlar esa tasavvurni hayratda qoldiradi. Unda narx va vaqt bo‘yicha har xil orderlarni chiqarish, qarshi orderlarni avtomatik ochish va ko‘pgina boshqalarni qilish mumkin. Natijada, ba’zi shunday dasturlar treyderning ishchi joyida uni to‘liq o‘rnini bosishga qodir.
Savdo terminalida nafaqat forex-robotlarni dasturlash mumkin, balki ularni qo‘llashdan avval tarxiy ma’lumotlarga testdan o‘tkazish ham mumkin, bu "maslahatchining" yana bir noyob qobiyaliyati hisoblanadi. Ushbu funksiya juda ham foydalidir, chunki mexanik savdo tizimini natijakorligini o‘tgan ma’lumotlarga tekshirish, shu bilan daromadga va bunga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarga imkoniyatlarni baholash imkonini beradi. Testdan o‘tkazish odam ishtirokisiz savdo qilishni boshlashga imkon beradi, chunki haqiqiy savdoni boshlagunga qadar bozorning har xil sharoitlarida "ekspertning" o‘zini tutishi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ushbu maqsadlar uchun terminalda maxsus darcha bor, unda "maslahatchining" kiruvchi parametrlarini maqbullashtirish va shu bilan ularning natijakorligini yaxshilash mumkin.
Yangilarga ularning faoliyati boshida Forex robotlarning bunday ikoniyatlari juda murakkab bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo savdo yuritishning bir oyi o‘tgandan keyin treyder o‘zining shaxsiy avtomatik savdo tizimlarini dasturlashni boshlashi mumkin, bu uning ishining natijalariga ijobiy taʼyir ko‘rsatadi. Hattoki, agar sizga o‘z pul mablag‘laringizni kompyuter dasturiga ishonib topshirish murakkab bo‘lsa, siz "maslahatchini" tovushli xabarlarni yuborishga sozlash mumkin, bu ishni ancha yengillashtiradi va grafik tahlilga va pozitsiyalarni ochish yoki yopish signallarini kutushiga kamroq vaqtni sarf qilishga imkon beradi.
Savdo robotlari ("maslahatchilar") internet kengliklarida juda ham ko‘p, ammo foydalisini topish ancha murakkabdir, agar hammasini ketma-ket qo‘llanilsa, u holda depozitsiz qolishning katta xavfi mavjuddir. Shu sababli, birinchi duch kelgan joydan "maslahatchini" xarid qilmaslik kerak. Ko‘pchilik "maslahatchilar" bir valyuta juftida testdan o‘tkazishda aʼlo natijalarni namoyish qilishi, ammo o‘zini boshqalarida yomon ko‘rsatishi mumkinligi dalilini ham hisobga olib qo‘yish zarar qilmaydi. Shuning uchun, ushbu testdan o‘tkazilgan o‘sha instrumentlarda "maslahatchini" qo‘llash yaxshiroq bo‘ladi.