Vebinarlar

RoboForex vebinarlari - bu bepul online-kurslari va alohida mashg‘ulotlar, ularda RoboForex Tahlil bo‘limi ekspertlari ularning ishtirokchilari bilan o‘z bilimlari va tajribalarini bo‘lishishadi. Ushbu sahifada biz RoboForex vebinarlari haqidagi eng ommabop savollarni to‘pladik.

Vebinar qanday o‘tadi?

Bizning vebinarlar MyOwnConference platformasi orqali o‘tkaziladi. Vebinar davomida kompaniya ekspertlari maʼruzalarni olib borishadi va o‘z kompyuteri ekranini yoki taqdimot slaydlarini uning ishtirokchilariga namoyish qiladi. Tinglovchilar chatdagi o‘zlarini qiziqtiruvchi savollarni berish imkoniga ega, ularga boshlovchilar maksimal batafsil javob berishga harakat qilishadi.

Vebinarda ishtirok etish narxi qancha?

Vebinarda ishtirok etish bepul.

Agar siz bizning kompaniyada qayd yozuviga ega bo‘lib bo‘lgan bo‘lsangiz, vebinarga o‘tish uchun havolalar sizning Shaxsiy kabinetingizda erishimlidir. Siz, shuningdek, bizning tarqatmaga obuna bo‘lishingiz mumkin (agar buni hali qilmagan bo‘lsangiz) - shunday qilib siz o‘zingizni qiziqtiruvchi hech bir mavzuni o‘tkazib yubormaysiz. Tarqatmaga Shaxsiy kabinetning "E-mail obunalar" bo‘limida obuna bo‘lishingiz mumkin.

Vebinar vaqt bo‘yicha qancha davom etadi?

Odatda, vebinarlar 50-60 daqiqa davom etadi, biroq ularning davomiyligi muhokama qilinayotgan mavzuga, boshlovchining nutq tempiga va unga mashg‘ulot ishtirokchilaridan savollarning soniga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.

Vebinarga qanday yozilish mumkin?

Agar siz RoboForex mijozi hisoblansangiz, u holda vebinarlarga havolalar sizning shaxsiy kabinetingizdagi "Vebinarlar jadvali" sahifasida erishimli bo‘ladi. Vebinarga qo‘shimcha obuna bo‘lish kerak bo‘lmaydi.

Vebinarda qanday ishtirok etiladi?

Vebinarda ishtirok etish uchun, u boshlanguniga qadar 5-10 daqiqa oldin o‘zingiz olgan havola bo‘yicha o‘ting.

Havola bo‘yicha o‘tgandan so‘ng avtorizatsiyadan o‘tish uchun sizga brauzerning paydo bo‘lgan darchasiga o‘z ismingizni kiritish talab etiladi.

"Kirish" tugmasini bosishda siz vebinar xonasiga o‘tasiz. Vebinar boshlovchi unga ulanishi bilanoq darhol ko‘rsatilgan vaqtda boshlanadi.

MyOwnConference o‘zi nima?

MyOwnConference - bu bepul vebinarlarni o‘tkazish uchun RoboForex tomonidan tanlangan platforma. Servis maʼlumotlari bo‘yicha undan yiliga 10 milliondan ortiq odamlar foydalanadi.

Vebinar yozuvini qanday ko‘rish mumkin?

O‘tgan vebinarning yozuvini siz o‘z Shaxsiy kabinetingizni "Vebinarlar" sahifasida ko‘rishingiz mumkin. Yozuvlar vebinar o‘tkazilishidan keyin 2-3 kun o‘tib paydo bo‘ladi.

Vebinar yozuvini qanday yuklab olish mumkin?

Afsuski, vebinarlarning yozuvlarini yuklab olish erishimli emas. Biroq, siz o‘z Shaxsiy kabinetingizdagi "Vebinarlar" sahifasida ularni istalgan vaqtda tomosha qilishingiz mumkin.

Nima uchun men vebinar boshlovchisini ko‘rayotganim/eshitayotganim yo‘q?

Ushbu blokda biz siz vebinarda ishtirok etishingizda duch kelishingiz mumkin bo‘lgan har xil texnik muammolarni hal qilish uchun yo‘riqnomalarni to‘pladik.

Texnik murakkabliklarda (masalan, tovushning yoki tasvirning mavjud emasligida), birinchi navbatda havola bo‘yicha tizim tekshiruvidan o‘ting. Bu myownconference platformasi ishlab chiquvchilaridan test bo‘lib, u kamida 30 soniya davomida nosozlik sababini aniqlashda yordam beradi.

Shuningdek, muammolarni hal qilishda sizga quyidagi yo‘riqnomalar ham yordam beradi:

  1. Agar siz vebinar boshlovchisining ovozini eshitmayotgan bo‘lsangiz.

    O‘z kompyuteringizni ish stolida dinamik (quloqchin) belgisini toping va tovush ijro etilishi yoqilganligiga ishonch hosil qiling. Agar tovush o‘chirilgan bo‘lsa, muloqot darchasini ochish uchun ikonkaga bosing va talab etiluvchi tovush balandligini o‘rnating.

  2. Agar siz vebinar boshlovchisini yoki u ekranda namoyish etayotgan yozuvni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz

    Siz vebinarni tomosha qilayotgan brauzer sahifasini yangilang (F5). Agar bu yordam bermagan bo‘lsa, internetga qayta ulaning.

  3. Agar video "tormozlanayotgan" bo‘lsa

    Vebinarli sahifani yangilashga yoki internet-ulanishni qaytadan ulashga urinib ko‘ring.

  4. Agar siz chat uchun maydonni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz

    Brauzerda sahifani aks ettirish masshtabini 100% qilib o‘rnating, bundan so‘ng chat darchasi ekranda paydo bo‘lishi kerak.

  5. Agar siz taqdimotning slaydlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lmasangiz

    O‘z kompyuteringizda dolzarb sana va vaqtni tekshiring va uni o‘rnating.