RoboForex tartiblashtirishi

FSC

RoboForex - moliyaviy brokerlik kompaniyasi bo‘lib, 2021-yilgi Qimmatli qog‘ozlar sanoati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq Moliyaviy xizmatlar komissiyasida ro‘yxatdan o‘tgan, litsenziya raqami 000138/7.

FSC (Beliza xalqaro moliyaviy xizmatlar bo‘yicha Komissiya) - xalqaro darajadagi moliyaviy xizmatlarni Beliza tartiblashtirishi.

FSC faoliyati Beliza qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha Vazirlik, hamda Financial Services Commission (FSC Act) hujjati bilan tartiblashtiriladi. Moliyaviy xizmatlar bozori tartiblashtirgichi sifatida FSC bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalanishini va nazorat qilinishini amalga oshiradi, hamda o‘zining litsenziatlarini samaradorligini, haqqoniyligini va shaffofligini kafili bo‘lib chiqadi. Tartiblashtirgich faqat yuqori darajadagi ishonchlilik va ijtimoiy masʼuliyat darajasidagi kompaniyalar Beliza hududida va uning tashqarisida o‘z faoliyatini amalga oshirish imkonini qo‘lga kiritishini kafolatlaydi.

FSC jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan kurashish bo‘yicha AML (Anti-Money Laundering) siyosatining xalqaro prinsiplariga amal qiladi.

Tartiblashtiruvchi tashkilot sayti: Financial Services Commission

RoboForex'ning joriy faoliyatini Regulyator saytida quyidagi havola orqali taqdim etilgan FSCning ro'yxatdan o'tgan kompaniyalari tegishli ro'yxatida tekshirish mumkin: Ro'yxatdan o'tgan kompaniyalar.

Arxiv ma'lumotlari quyidagi havola orqali mavjud: Arxiv ma'lumotlari.

Belizefsc.org.bz saytida taqdim etilgan ochiq ma'lumotlar FSC tomonidan boshqariladi.

  • The Financial Commission

    RoboForex Ltd kompaniyasi uning ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi The Financial Commission xalqaro tashkilotning rasmiy ishtirokchisi hisoblanadi.

    Komissiyaning maqsadi uning ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasida yuzaga keluvchi nizoli holatlarni muqobil sudgacha hal qilishdan iboratdir. The Financial Commissionga murojaatni rus, ingliz, ispan va xitoy tillarida kiritish mumkin. Ko‘rib chiqish muddati - 7 kungacha.

    Komissiyada salobatli kompensatsiya fondi mavjuddir, uning tarkibiga esa butun dunyodan brokerlik faoliyati bo‘yicha ekspertlar kiradi. Ularning moliyaviy bozorlar sohasida ishlashning ulkan tajribasi, professional obro‘si va yuridik savodxonlik har qanday yuzaga keluvchi tortishuvda o‘zaro maqbul yechimlarni topishga imkon yaratadi. Komissiya qarorlari holatning barcha ishtirokchilari tomonidan bajarish uchun majburiydir.

    Sayt: The Financial Commission

  • Compensation Fund

    "A" toifadagi aʼzo huquqlarida The Financial Commission tarkibiga kiruvchi RoboForex Ltd kompaniyasi, shuningdek, uning Kompensatsiya fondining ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadi. Qoplash fondi - bu Moliya komissiyasi aʼzolari tomonidan tashkil etilgan tuzilma bo‘lib, u Fond ishtirokchisi Moliya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorni mustaqil bajarish holatida bo‘lmagandagi har bir holatda 20 000 EURgacha o‘lchamda to‘lovlarni taʼminlaydi. Ko‘prog‘ini bilib olish uchun bu yerga bosing.

    Fondning maqsadi - The Financial Commissionning kompaniyalari-ishtirokchilari bilan ishlovchi treyderlar uchun sug‘urta qoplanishini, hamda ularni kompensatsiyalarni to‘lashni taʼminlashdir. Ushbu to‘lovlar Moliyaviy komissiyaning aʼzosi hisoblanuvchi kompaniyaning har qanday mijozi uchun, agar uning brokeri mijoz foydasiga Komissiya tomonidan chiqarilgan qarorni bajarishdan bosh tortsa yoki uni bajarish imkoniga ega bo‘lmagan holatda, erishimlidir. Komissiya tomonidan belgilab beriluvchi to‘lov qiymati bir treyderga 20 000 EURgacha borishi mumkin.

    The Financial Commission Kompensatsiya fondi - treyderlarni qo‘shimcha moliyaviy himoyalanishini taʼminlash uchun Komissiya aʼzolari tomonidan tashkil etilgan maxsus fonddir. Fond unga kiruvchi kompaniyalarning har oylik aʼzolik badallari hisobiga shakllantiriladi. Ushbu mablag‘lardan 10% bevosita Kompensatsiya fondiga o‘tkaziladi va alohida bank hisobida saqlanadi.

    Sayt: The Compensation Fund of the Financial Commission

Fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash dasturi

Biz RoboForexda treyderlar o‘z mablag‘larini xavfsizligi haqida qayg‘urish o‘rniga o‘z diqqatlarini savdoga jamlashlari kerakligini tushunib yetamiz. Shu munosabat bilan, biz tomondan mijozlar oldida o‘z majburiyatlarimizni bajarish sohasida qo‘shimcha choralar qo‘llanilgan. RoboForex kompaniyasi tomonidan 2 500 000 EUR limit bilan fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash Dasturi tadbiq qilingan, u o‘z ichiga masʼuliyatsizlik, firibgarlik, hatoliklar, eʼtiborsizlik va mijozlarning moliyaviy yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa xavflar yuzaga kelishi holatida bozorda yetakchi sug‘urtalash taʼminotini kiritadi.

Ushbu taʼminot mijozlarimizga biron bir qo‘shimcha to‘lovlarsiz taqdim etiladi.

Sug‘urtalash sertifikatini ko‘rish

Verify My Trade (VMT)

RoboForex Ltd Verify My Trade (VMT) orderlarni bajarish sifati sertifikatlashidan muvaffaqiyatli o‘tdi, va shu bilan uning tarkibiga kiruvchi brokerlik kompaniyalari uchun The Financial Commission tomonidan o‘rnatilgan yuqori standartlarga o‘zining to‘liq muvofiqligini tasdiqladi.

Verify My Tradening The Financial Commission bilan hamkorligi sharofati bilan moliyaviy kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatli darajasini haqqoniy baholash imkoniyati paydo bo‘ldi. Mustaqil Verify My Trade servisi brokerlik kompaniyalarda ishlov berishning savdolardan keyingi tahlillarini taʼminlaydi. Savdo tarixidan maʼlumotlar har oy tahlil qilinadi va etalon bajarilish ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. VTM sertifikatini olgan kompaniyalar The Financial Commissionda aʼzolikning barcha standartlariga muvofiqligini kafolatlash uchun orderlarni bajarilishi haqida statistik maʼlumotlarni vaqti-vaqti bilan taqdim etishlari shart.

RoboForex Ltd har oy tahlil uchun boshqa kompaniyalarda bajarilishini taqqoslash uchun uning mijozlari tomonidan amalga oshirilgan 5 000ta egasizlashtirilgan bitimlarni topshiradi. Amaldagi sertifikat tasdiqlashni olishi uchun, nazorat tekshiruvlarning natijalari bozordagi bajarilishning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga muvofiq kelishi kerak.

Tartiblashtiruvchi tashkilot sayti: Verify My Trade