Hurmatli mijozlar va hamkorlar,
Sizga shuni ma'lum qilamizki, RoboForex 2024 yil mart oyidan boshlab savdo hisoblarining ayrim bazaviy valyutalaridan foydalanishni to'xtatishga qaror qildi. 2023-yil 27-dekabrdan boshlab faqatUSD, EUR va OLTINdagi hisoblar ochilishi mumkin bo‘ladi.
Boshqa asosiy valyutalardagi hisoblar quyidagi tarzda toʻxtatiladi:
2024 yil 1 fevraldan boshlab:
- Ichki o‘tkazmalarni amalga oshirayotganda yoki tashqi hisob-raqamlarga pul mablag‘larini o’tkazilayotganda siz ushbu hisob-raqamlardagi mablag‘larni o‘tkazish vaqtida amalda bo‘lgan bozor kursidan 1% ga qulayroq kurs bo‘yicha USD, EURO va OLTINga konvertatsiya qilishingiz mumkin bo‘ladi.
- Bu hisoblarga mablag’larni kirim qilinishi va ichki o‘tkazmalar to’xtatib qo‘yiladi.
- Ushbu hisoblar bo'yicha savdo "Faqat yopish" rejimiga o'tkaziladi.
2024 yil 1 mart:
- Savdo sessiyasi davomida ushbu hisob-raqamlardagi barcha ochiq pozitsiyalar joriy narxlarda yopiladi.
- Qolgan mablag'lar mijozning hisob raqamlariga AQSh dollari yoki yevroda o'tkaziladi.
Agar sizda savollar bo'lsa, iltimos, o‘zingizga qulay usulda qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning.
Hurmat bilan,
RoboForex jamoasi