Kredit yelkasi – bu mijozning shaxsiy mablag‘lari va broker tomonidan taqdim etilgan qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat.
Masalan, 1:100 kredit yelkasi degani, mijozning hisobidagi mablag‘ savdo shartnomasining umumiy hajmidan 100 baravar kam bo‘lishi mumkin.
Misol:
Agar mijoz 1:500 kredit yelkasi tanlasa va hisobida €200 bo‘lsa, u €100 000 qiymatdagi shartnomani sotib olishi mumkin.
Marja quyidagicha hisoblanadi: €100 000 ÷ 500 = €200, bu mijoz hisobidagi mavjud mablag‘ga teng.
Agar kredit yelkasi 1:1 (leverage yo‘q) bo‘lsa, mijoz €100 000 qiymatdagi shartnomani sotib olish uchun butun miqdorni hisobida saqlashi kerak (€100 000 ÷ 1 = €100 000).
Kredit yelkasi hisob turi va savdo vositasiga qarab o‘zgaradi. Har bir hisob turiga tegishli kredit yelkasi darajalari bilan tanishish uchun quyidagi sahifaga o‘ting:
https://roboinvesting.pro/uz/forex-trading/trading/trading-accounts/
Agar ma’lum bir aktiv uchun fiksirlangan kredit yelkasi belgilangan bo‘lsa, uni "Fixed leverage" ustunida tekshiring:
https://roboinvesting.pro/uz/forex-trading/trading/specifications/
Lot — bu savdo pozitsiyalarini o‘lchash uchun standart birlikdir.
1 standart lot = valyuta juftliklari uchun asosiy valyutaning 100,000 birligi.
Boshqa savdo vositalari uchun:
1 standart neft CFD loti = 1,000 barrel;
1 standart XAUUSD loti = 100 untsiya;
1 standart XAGUSD loti = 5,000 untsiya.
Boshqa vositalarning lot hajmini bu yerda tekshirishingiz mumkin: https://roboinvesting.pro/uz/forex-trading/trading/specifications/
1 sent lot = asosiy valyutaning 1,000 birligi, ya’ni standart lotdan 100 barobar kichik.
R StocksTrader platformasida savdo hajmi lotlarda emas, balki asosiy valyuta yoki aktiv birliklarida o‘lchanadi.
https://roboinvesting.pro/uz/beginners/start/forex-calculator/
Marja quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Marja = Shartnoma hajmi / Kredit yelkasi
Bu yerda:
kontrakt hajmi - savdo instrumentining asosiy valyutasida order hajmi (tikerdagi birinchi valyuta). Barcha valyuta juftliklari uchun 1 lotning order hajmi har doim instrumentning asosiy valyutasining 100 000 birligiga teng.
Kredit yelkasi – mijoz tanlagan kredit yelkasi darajasi.
Misol:
1 lot EUR/USD sotib oldingiz.
Hisob valyutasi: EUR.
Kredit yelkasi: 1:100.
Marja = 100 000 / 100 = 1 000 EUR
Agar hisob valyutasi savdo aktivining bazaviy valyutasidan farq qilsa, marja hisob valyutasiga konvertatsiya qilinishi kerak.
Misol:
1 lot EUR/USD sotib oldingiz.
Hisob valyutasi: USD.
Bazaviy aktivdagi marja: 1 000 EUR.
EUR/USD kursi: 1.2345.
Marja = 1 000 × 1.2345 = 1 234.50 USD
Moliyaviy bozorlarda ochiq pozitsiyalarni keyingi savdo sessiyasiga o‘tkazishda mijozlardan Rollover (Swap) to‘lovi olinadi. Swap ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
RoboForex kompaniyasining swap stavkalari likvidlik provayderlarining shartlariga asosan belgilanadi.
Har bir savdo instrumenti uchun amaldagi swap stavkalarini “Kontrakt spetsifikatsiyasida” ko‘rish mumkin: https://roboinvesting.pro/uz/forex-trading/trading/specifications/
Bizning maslahatchilarimiz sizning savolingizga yaqin vaqtlarda albatta javob berishadi.