Kechiktirilgan order - bu muayyan sharoitlar boshlangan holatda kelajakda moliyaviy instrumentni xarid qilish yoki sotishga farmoyishdir.
Kechiktirilgan orderlarning 4 turi mavjuddir:
Buy Limit — bo‘lajak "Ask" narxining o‘rnatilgan qiymatga erishishdagi xarid qilish. Order joriy narxdan pastroq narxda o‘rnatiladi. Ushbu orderning bajarilishi mazkur order uchun o‘rnatilgan narx bo‘yicha yoki ancha past narx bo‘yicha bitimni amalga oshirilishiga olib keladi. Odatda ushbu turdagi orderlar instrument narxi, muayyan darajagacha tushib, o‘sishni boshlashi hisobiga chiqariladi.
Buy Limit — bo‘lajak "Ask" narxining o‘rnatilgan qiymatga erishishdagi xarid qilish. Order joriy narxdan yuqoriroq narxda o‘rnatiladi. Ushbu orderning bajarilishi orderga ishlov berish paytidagi erishimli narx bo‘yicha amalga oshirilishiga olib keladi, u buyruq yaratilishidagi o‘rnatilgan narxdan farq qilishi mumkin. Odatda ushbu turdagi orderlar instrument narxi qandaydir darajani oshib o‘tishi va o‘sishda davom etishi hisobiga chiqariladi.
Sell Limit - bo‘lajak "Bit" narxi bilan o‘rnatilgan qiymatga erishishda sotish. Order joriy narxdan yuqoriroq narxda o‘rnatiladi. Ushbu orderning bajarilishi mazkur order uchun o‘rnatilgan narx bo‘yicha yoki ancha yuqori narx bo‘yicha bitimning amalga oshirilishiga olib keladi. Odatda ushbu turdagi orderlar instrument narxi muayyan darajagacha ko‘tarilib, pasayishni boshlashi hisobiga chiqariladi.
Sell Stop - bo‘lajak "Bit" narxi bilan o‘rnatilgan qiymatga erishishda sotish. Order joriy narxdan pastroq narxda o‘rnatiladi. Ushbu orderning bajarilishi orderga ishlov berish paytidagi erishimli narx bo‘yicha amalga oshirilishiga olib keladi, u buyruq yaratilishidagi o‘rnatilgan narxdan farq qilishi mumkin. Odatda ushbu turdagi orderlar instrument narxi muayyan darajagacha erishish va pasayishda davom etishi hisobiga chiqariladi.