Moliyaviy bozorlarda savdo qilib, siz moliyaviy instrumentlarning narxi kelajakda o‘sishiga yoki pasayishiga hisob-kitob qilib ularni sotasiz yoki xarid qilasiz.
Agar hisob-kitoblarga binoan moliyaviy aktivning narxi o‘sib boradigan bo‘lsa, uni xarid qilishga bitim ochiladi. Agarda prognozlar bo‘yicha aktivning narxi pasayib borsa, bunday holatda instrumentni sotishga bitim ochiladi.
Sizning daromadingiz - bu siz tanlagan aktivni xarid qilgan yoki sotgan narx va bitimni yopish paytida uning narxi (minus spred va/yoki broker komissiyasi) o‘rtasidagi farqdir.
Keling, oddiy misolni ko‘rib chiqamiz:
Siz 1 lot hajmdagi 1,2291 narx bo‘yicha EURUSDni xarid qilishga bitimni amalga oshirdingiz. Haqiqatda, siz 122 910 USD narx bo‘yicha 100 000 EUR xarid qildingiz (1 lot aktivning bazaviy valyutasini 100 000 birligiga - instrumentning tikeridagi birinchi simvolga teng) (100 000 * 1,2291).
Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin aktvining narxi 1,2391gacha ko‘tarildi, va siz pozitsiyani yopdingiz. Ushbu paytda siz xarid qilgan Evrodagi qiymat o‘zgarmaydi (100 000 EUR), biroq uning AQSH Dollaridagi ekvivalenti 123 910 USDga teng bo‘lib bo‘ladi (1,2391 * 100 000).
Shunday qilib, sizning daromadingiz 123 910 USD - 122 910 USD = 1 000 USDni tashkil qiladi.