Stop yoki Limit orderlari ular yaratilishidan keyin faol bo‘lib qoladi. Faqat faol orderlar ochiq savdo sessiyasi vaqtida yangilangan yoki bekor qilingan bo‘lishi mumkin. Barcha faol orderlarni mijozning savdo terminalini "Hisob haqida maʼlumot" blokida "Faol orderlar / Active Orders" ilovasida topish mumkin.
Quyida ko‘rsatilgan shartlardan birini qoniqtiruvchi har qanday order "Bajarilmoqda / Filling" maqomini qo‘lga kiritadi.
Market orderi - u jo‘natilganidan keyin.
Stop Loss, Take Profit va Stop Out orderlari - ular yaratilishidan keyin.
Stop va Limit orderlari - ular buyurtma qilingan narx bo‘yicha faollashitirilishidan keyin.
Barcha "Bajarilmoqda / Filling" maqomida bo‘lgan orderlar toki tizim o‘z maqomini "Bajarilgan / Filled" yoki "Rad etilgan / Rejected" maqomlarga o‘zgartirgunga qadar mijozning savdo terminalidagi "Hisob haqida maʼlumot" blokida "Faol orderlar / Active Orders" ilovasida joylashgan bo‘ladi.
"Bajarilmoqda / Filling" maqomiga ega bo‘lgan barcha orderlar har bir kunning yakunida avtomatik bekor qilinadi.
Order bajarilishida muvofiq bitim bajarilgan orderning narxi bo‘yicha ochiladi yoki yopiladi, order maqomi esa "Bajarilgan / Filled"ga almashadi.
Order foydalanuvchi tomonidan bekor qilingan yoki tizim tomonidan rad etilgan vaqtda, ushbu order maqomi muvofiq tarzda "Bekor qilingan / Cancelled" ili "Rad etilgan / Rejected"ga almashadi.
"Bajarilgan / Filled", "Bekor qilingan / Cancelled" va "Rad etilgan / Rejected" maqomlariga ega bo‘lgan barcha orderlar mijozning savdo terminalidagi "Hisob haqida maʼlumot" blokidagi "Orderlar / Trade Blotter" ilovasida joylashgan bo‘ladi.
Har bir instrument bo‘yicha barcha orderlar savdo sessiyalarining davrida bajariladi. Savdo sessiyasidan tashqari orderlarni boshqarish: hattoki bozor yopiqligida Take Profit, Stop Loss, Limit va Stop chiqaring va ularni takomillashtiring - ular eng yaqin savdo sessiyasi boshlangandan keyin bajarilgan bo‘ladi.
Hisobdagi marja darajasi Stop Out Leveldan kamini tashkil qilgan vaqtda, tizim ochilgan bitimlarni yopish uchun Stop Out orderni (orderlarni) jo‘natadi. Stop Out orderi (orderlari) savdo maydoni tomonidan bekor qilingan vaqtda, hisobdagi marja darajasi esa hanuzgacha Stop Out Leveldan pastroq bo‘lib qolishida, tizim Stop Out orderni (orderlarni) takroran yuboradi.
"Bajarilmoqda / Filling" maqomiga ega bo‘lgan Stop Loss, Take Profit, Stop Out va Market orderlari bitim yopilishida uning maqomini "Yopilmoqda / Closing" maqomiga o‘zgartiradi. Muvofiq order bajarilgan vaqtda, bitim "Yopilgan / Closed" bo‘lib qoladi. Muvofiq order rad etilgan vaqtda, bitim qayta "Ochilgan / Open" maqomini oldai.
"Ochilgan / Open", "Yopilmoqda / Closing" va "Yopilgan / Closed" maqomlariga ega bo‘lgan barcha bitimlar mijozning savdo terminalining "Hisob haqida maʼlumot" blokidagi "Pozitsiyalar / Positions" ilovasida aks ettiriladi.
Server vaqti bo‘yicha kunning yakunida mijozning savdo terminalida barcha yopilgan bitimlar hisob valyutasiga ayirboshlanadi va "Treyd / Trade" maqomini qo‘lga kiritadi.
Hisobni to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish balans amaliyotlari, hamda dividendlar bilan bir qatorda barcha "Treyd / Trade" bitimlari mijozning savdo terminalini "Hisob haqida maʼlumot" blokidagi "Tarix / History" ilovasida joylashgan bo‘ladi.
Narxlar va erishimli hajmlarga nisbatan RoboForex kompaniyasi begona tashkilotlarning savdo maydonlariga to‘liq bog‘liqdir, shuning uchun mijozning orderlarini bajarilishi mazkur savdo maydonlaridagi mavjud bo‘lgan narxlar va erishimli likvidlikka muvofiq amalga oshiriladi. Savdoga kirish huquqini mijozlarga taqdim etib, RoboForex kompaniyasi va savdo maydonchasi ularning har qanday turdagi orderlarini rad etish huquqini o‘zida qoldiradi.
Savdolar boshlangan vaqtida jo‘natilgan orderlar. Bozorlar savdo sessiyalari boshida, narxlar va erishimli hajmlar tez almashgan vaqtda, har xil bozorlardan maʼlumotlar oqimlari esa sezilarli sekinlashishi yoki vaqtinchalik erishimli bo‘lmay qolishida ayniqsa volatil bo‘lib qolishiga eʼtiboringizni qaratamiz. RoboForex kompaniyasi savdolar boshida jo‘natilgan orderlar eng yaxshi eʼlon qilingan narxni olishini kafolatlamaydi. Siz ochishda Limit orderlarning qo‘llanilishini ko‘rib chiqishingiz mumkin, biroq orderlarning ishonchli bajarilishi uchun Market orderini qo‘llash tavsiya etiladi. Agar Take Profit yoki Stop Loss orderlari rad etilishi holatida, Take Profit va Stop Loss darajalari o‘chirib yuboriladi.