Biz har bir order uchun alohida komissiyalar olish o‘rniga, o‘z yig‘imlarimizni bozor sprediga qo‘shamiz. Biz bozor sprediga kichik ustama qo‘llaymiz, u instrumentning qiymatidan 0,3 % ga bo‘ladi. Ushbu ustama avtomatik ravishda savdo paytida ko‘rgan narxingizga kiritiladi.
Bu keyingi savdo sessiyasiga kredit yelkani qo‘llash bilan ochilgan pozitsiyani o‘tkazish uchun to‘lovdir. Mazkur komissiya pozitsiya natijasiga qo‘shiladi. Yelka intrumentlar va hisob turiga bog‘liq holda pozitsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Sizning hisobingizdagi aniq instrument uchun qo‘llaniluvchi dolzarb yelkani sizni savdo platformangizdagi "Kontraktlar tasniflanishi"da ko‘rish mumkin.
Komissiya o‘lchami doimiy kattalik hisoblanmaydi va mijozni oldindan xabardor qilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Svop qanday hisoblanadi?
<Yopish narxi> * <Pozitsiya hajmi> * <Svop(%) / 100 / 360
Misol:
Twitter: 100 aksiya, “uzun” pozitsiya, svop: -7%
25 * 100 * (-7%) / 100 / 360 = (-0,49) USD
Baʼzi instrumentlar uchun haftaning muayyan kunida uch tomonlama svop mantig‘i qo‘llaniladi. Uch tomonlama svop kuni har bir instrument uchun "Kontraktlar tasniflanishlari"da ko‘rsatilgan.
Aksiyalar, ularga ETF va CFD savdolar bilan bog‘liq bo‘lgan ayirboshlash zarurati tug‘ilganida ayirboshlash kurslariga nisbatan markap qo‘llaniladi. Mablag‘larni ayirboshlashda qo‘llaniluvchi dolzarb markaplar valyuta juftining "Kontraktlar tasniflanishlari"da ko‘rsatilgan.
Kotirovkaga nisbatan markapni qo‘llash uchun quyidagi formulani qo‘llash mumkin:
Markapli Ask kotirovkasi = Ask + (Ask * Markap(%) / 100 / 2)
Markapli Bid kotirovkasi = Bid - (Bid * Markap(%) / 100 / 2)
Bunda pozitsiyani moliyaviy natijasini hisoblash uchun ayirboshlash yakuniy natijasiga emas, balki ekspozitsiya narxini baholashga va qo‘shimcha xarajatlarga nisbatan alohida qo‘llaniladi. Formula quyi tarzdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
“Qisqa pozitsiya” (Sotish)
(Ochilish narxi*pozitsiya hajmi) / konversiya koeffitsienti - (Yopilish narxi*pozitsiya hajmi) / konversiya koeffitsienti) + qo'shimcha harajatlar / konversiya koeffitsienti
“Uzun pozitsiya” (Xarid qilish)
<Yopilish narxi> * <Pozitsiya hajmi> / <Konversiya kursi> - <Ochilish narxi> * <Pozitsiya hajmi> / <Konversiya kursi> + <Qo'shimcha harajatlar> / <Konversiya kursi>
Misol:
Twitter: 100 ta aksiya, uzoq muddatli pozitsiya, ochilish narxi: $22.00, yopilish narxi: $26.00, svop: $1.5, savdo hisobi EUR da ochilgan, markap: 0,5%, pozitsiya ochilishidagi qo'llaniladigan konversiya kursi (EURUSD): 1,11253, hisob-kitob paytidagi qo'llaniladigan konversiya kursi (EURUSD): 1,11233.
(26.00*100 / 1.11253 - 22.00*100 / 1.11233) + (-1.5) / 1.11253 = €345.7